O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi TIV konsullik xizmatlari o‘rtasidagi konsullik maslahatlashuvlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi TIV konsullik xizmatlari o‘rtasidagi konsullik maslahatlashuvlari to‘g‘risida
2024-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari rahbarlari o‘rtasida navbatdagi konsullik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ikki mamlakat konsullik xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Tomonlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, kun tartibi doirasida migratsiya, adliya, statistik axborotlar va fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zaro o‘tkazish, qonunchilik bazasini yanada kengaytirish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar vakolatli organlari o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan turli masalalar bo‘yicha hamkorlik doirasida bevosita o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.