TIVda Kipr Savdo-sanoat palatasi rahbari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
TIVda Kipr Savdo-sanoat palatasi rahbari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Kipr Respublikasi Savdo-sanoat palatasi prezidenti Stavros Stavrou bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish, savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimiz bozoriga kirishga qiziqish bildirgan Kiprning yetakchi kompaniyalaridanO‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Tomonlar, shuningdek, “yashil” energetika, to‘qimachilik, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.