O‘zbekiston TIV rahbari Kuala-Lumpurda Malayziya bosh vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari Kuala-Lumpurda Malayziya bosh vaziri bilan uchrashdi
2024-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziyaga tashrifi doirasida Malayziya Bosh vaziri Dato Seri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazdi. O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barcha sohalarda, ayniqsa, oliy darajadagi uchrashuvlardan so‘ng misli ko‘rilmagan surʼatlarda rivojlanib borayotgani qayd etildi. Iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.