O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchisining vafoti munosabati bilan hamdardlik
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchisining vafoti munosabati bilan hamdardlik
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vitaliy Vasilevich Fen vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qiladi.
V.Fen butun umrini Vatanimizga xizmat qilishga bag‘ishlagan atoqli davlat arbobi, sport ustasi va professional diplomat edi. U 25 yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqardi hamda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning ko‘p yillik faoliyati O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarining mustahkamlanishida o‘chmas iz qoldiradi.
Vitaliy Vasilevich Fen “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati”, shuningdek, Janubiy Koreyaning “Gvangxva” ordenlari bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.