O‘zbekiston va Kipr tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Kipr tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
2024-yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr Respublikasi tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasidagi barqaror va tobora rivojlanib borayotgan aloqalar qadrlanishi qayd etildi. Ikki tomonlama va Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda mustahkamlashga o‘zaro tayyorlik bildirildi.