Yevropa Ittifoqi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yevropa Ittifoqi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda Afg‘oniston fuqarolari, ayniqsa, yosh yigit va qizlar uchun ta’lim dasturlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga duch kelgan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
Sh.Adrian Yevropa Ittifoqining afgʻon muammosi, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.