Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya va Xitoy elchilari bilan uchrashdi
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya va Xitoy elchilari bilan uchrashdi
2024-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Yaponiya va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Elchilari Takashi Xatori hamda Yuy Szyun bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Yaponiya va O‘zbekiston-Xitoy muloqotining istiqbollari hamda qo‘shma dasturlarini amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2024-yilda bo‘lajak siyosiy muloqotlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.