TIVda AQSh Kongressi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
TIVda AQSh Kongressi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yilning 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQSh Kongressi Senatining Tashqi aloqalar qo‘mitasining katta xodimi Sharlott Oldhem-Mur bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, AQSh Kongresi Senati vakili Afgʻonistonda keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va jahon hamjamiyatining ushbu mamlakatdagi xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurligini taʼkidladi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va AQShning Afg‘onistonga gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha harakatlarini yanada muvofiqlashtirish muhimligini qayd etdilar.