YXHT loyihalari koordinatori v.b. bilan uchrashuv
YXHT loyihalari koordinatori v.b. bilan uchrashuv
2023-yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori v.b. Klemens Koya bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YXHT o‘rtasida Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi, Afg‘onistondagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
K. Koya O‘zbekistonning afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatish, Afg‘onistonda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayonida muhim o‘rin egallashini alohida ta’kidladi.