O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xitoy Elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xitoy Elchisi bilan uchrashdi
2023-yil 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning holati va istiqbollari, oliy va yuqori darajadagi muntazam siyosiy muloqot hamda aloqalarni yanada davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Savdoni rivojlantirish, eksport va investitsiyaviy hamkorlikni oshirishning yangi yo‘llari va imkoniyatlarini izlash bo‘yicha ikki tomonlama sa’y-harakatlar muhimligi qayd etildi. Elchi Xitoy biznesining o‘zbek hamkorlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqishi ortib borayotganini alohida bildirdi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.