Referendumni kuzatish bo’yicha bo'yicha YXHT DIIHB cheklangan missiya rahbari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Referendumni kuzatish bo’yicha bo'yicha YXHT DIIHB cheklangan missiya rahbari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2023-yil 20-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining (YXHT DIIHB) mamlakatimizda bo’lib o’tajak Referendumni kuzatish bo'yicha cheklangan missiyasu rahbari Albert Yonsson bilan uchrashuv o'tkazdi.
Suhbat davomida O'zbekistonning YXHT institutlari, xususan, DIIHB bilan hamkorligiga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. Joriy yil 30-aprel kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Referendumini o'tkazish jarayonida Byuro kuzatuvchilari missiyasi ishtiroki bilan bog'liq jihatlarga alohida e'tibor qaratildi.