Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv haqida
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv haqida
2024-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqotni yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga doir asosiy masalalar muhokama qilindi. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, turli sohalarda yanada samarali hamkorlikni ta’minlash uchun institutsional mexanizmlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.