O‘zbekiston va Indoneziya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Indoneziya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
2024-yil 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziya tashqi ishlar vaziri Sugiono bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va muhim tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi. Birgalikda ikki davlat o'rtasidagi sheriklikni o'zaro farovonlik uchun yangi cho'qqilarga olib chiqish maqsad qilindi.