Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon bilan uchrashdi. Muloqotda o‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” mavzusidagi IHT 16-sammiti tashkilot darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi. Tomonlar O‘zbekiston Prezidentining IHT doirasidagi tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, samarali hamkorlikning amaliy jihatlarini ishlab chiqish zarurligi, bo‘lajak tadbirlar jadvaliga alohida e'tibor qaratdi.