Diplomatik missiyalar rahbarlari bilan uchrashuv
Diplomatik missiyalar rahbarlari bilan uchrashuv
2024-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev xorijiy davlatlarning elchilari va muvaqqat ishlar vakili, xususan, Ahmad Faruk (Pokiston), Muhammad al-Daheriy (BAA) Yusuf al-Utaybiy (Saudiya Arabistoni), Xolid al-Mutayrat (Kuvayt), Hasan Hamza Hoshim (Qatar), Vafo al-Busaidiy (O‘mon), Muhammad Irqi (Jazoir) va Muhammadali Iskandariy (Eron) bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar doirasida tomonlar o‘tgan to‘qqiz oy davomida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan strategik rejalarni belgilab oldi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish va xalqaro maydonda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga asosiy e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komissiyalarning qo‘shma tadbirlari va majlislarini o‘tkazish, shuningdek, turli yo‘nalishlarda sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.