O‘zbekiston va Filippin tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida
O‘zbekiston va Filippin tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida
2024-yil 17-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Filippin Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari I.Haydarov va Filippin tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tereza P.Lazaro boshchilik qildi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda istiqbollarini, shuningdek, ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikni batafsil ko‘rib chiqdilar.
Mavjud salohiyatdan, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu sohalardagi qonunchilik bazasini kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdorlik bildirildi. Xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida Filippin tomoni O‘zbekistondan kimyoviy o‘g‘itlar va kichik qishloq xo‘jaligi texnikalarini olib kirishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.