BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv
BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv
2024-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (YUNFPA) O‘zbekistondagi doimiy vakili doktor Nigina Abaszadeni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Hukumati onalar salomatligini yaxshilash, aholi o‘sishi, yoshlar salohiyatini oshirish, gender tengligi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilayotganligi ta’kidlandi. Muloqot yakunida 30 yildan ziyod vaqt davomida mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan YUNFPA jamoasi tomonidan olib borilayotgan barcha muhim ishlar qadrlanishi qayd etildi.