Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashdi
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.