BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal bilan uchrashdi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston Hukumati xalqaro tashkilotlar bilan ko‘plab sohalarda faol hamkorlik qilmoqda. 2024-yil boshidan buyon O‘zbekiston tashabbusi bilan BMTning 5 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi. Uchrashuvda BMTning maxsus ma’ruzachilari bilan barcha sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.