O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
2024-yil 25-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar kun taribi batafsil ko‘rib chiqildi, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni taʼminlash uchun tashqi siyosat idoralari oʻrtasida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Barcha sohalarda rivojlanayotgan aloqalarni hisobga olgan holda munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Ko‘p tomonlama tuzilmalar, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.