O‘zbekiston TIV rahbari Germaniya Elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Germaniya Elchisining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
2024-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Manfred Huterer bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Muloqot chog‘ida tobora kengayib borayotgan O‘zbekiston-Germaniya ikki tomonlama hamkorligi kun tartibi, hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklikni mustahkamlash, ko‘proq iqtisodiy ko‘priklarni barpo etish va boshqa masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Elchi va Elchixona jamoasining aloqalarimizdagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ta’kidlandi.