Oʻzbekiston TIV rahbari O‘mon meros va turizm vaziri bilan muzokaralar oʻtkazdi
Oʻzbekiston TIV rahbari O‘mon meros va turizm vaziri bilan muzokaralar oʻtkazdi
2024-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon meros va turizm vaziri Salim bin Muhammad al-Mahruqiy bilan uchrashdi.
Ikki davlatning umumiy madaniy merosi, boy va ko‘p asrlik tarixiy aloqalari mavjudligi qayd etildi. Turizm har ikki mamlakat iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli sohalaridan biri ekanligi taʼkidlandi. O‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yangi yo‘nalishlarni ilgari surish, xorijlik mehmonlarni jalb etish va boshqa ko‘plab mavzular uchrashuv kun tartibidan joy oldi.