O‘zbekiston va Kuba TIV rahbarlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Kuba TIV rahbarlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston-Kuba keng kun tartibi barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgani qayd etildi. Suhbat chog‘ida ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari O‘zbekiston va Kuba hamkorligini sezilarli natijalar bilan kengaytirish yo‘lida barcha imkoniyatlarini safarbar etishiga kelishib olindi.