O‘zbekiston TIV rahbari BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Ijrochi kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Ijrochi kotibi bilan uchrashdi
2024-yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Ijrochi kotibi Tatyana Molchan bilan uchrashdi. Uchrashuvda BMT bilan birgalikda milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Vazir O‘zbekistonning barcha sohalarda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun BMT YIKga o‘z minnatdorligini bildirdi.