O‘zbekiston-Braziliya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston-Braziliya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
2024-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va Braziliya Federativ Respublikasi o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy maslahatlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston-Braziliya munosabatlari kun tartibi yuzasidan fikr almashildi va yaqin kelajakda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida hamkorlikning foydalanilmagan salmoqli salohiyatini ro‘yobga chiqarish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Braziliyaning yetakchi universitetlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar kun tartibidan qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va kimyo sanoatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, turizm sohasida aloqalarni kengaytirish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish masalalari ham oʻrin oldi.
Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.