O‘zbekiston va Bahrayn TIV rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston va Bahrayn TIV rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi
2024-yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan uchrashdi.
Vazirlar O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yuksaltirishga qaratilgan yaqin istiqbolga mo‘ljallangan qator maqsadlarni belgilab oldilar. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yaqin hamkorlikni davom ettirishga ikki tomon ham tayyorligi yana bir bor ta’kidlandi.