O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashdi
2024-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashdi. Uchrashuvda tashkilot faoliyatining barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha, ayniqsa, iqtisodiy va ekologik sohalarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish doirasida faol hamkorlik amalga oshirilayotgani qayd etildi. TIV rahbari YXHTga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.