Tashqi ishlar vaziri AQSh Vakillar palatasi a’zolari bilan uchrashdi
Tashqi ishlar vaziri AQSh Vakillar palatasi a’zolari bilan uchrashdi
2024-yilning 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Vakillar palatasi a’zolari – Mayk Rojers, Adam Smit, Salud Karbaxal va Veronika Eskobar bilan uchrashdi. O‘zbekiston – AQSh strategik sherikligida yangi imkoniyatlarning ochilayotgani qayd etildi. Vazir Amerikalik hamkorlarning nafaqat parlamentlararo do‘stlik rishtalarini rag‘batlantirishda, balki biznes aloqalarni rivojlantirishdan tortib, ta’limdagi sheriklikkacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda ham qo‘llab-quvvatlayotganini qadrlashini bildirdi. O‘zbekiston tomoni AQShning barcha shtatlari bilan, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishdan manfaatligi ta’kidlandi.