O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Katta yettilik” mamlakatlarining elchilari bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Katta yettilik” mamlakatlarining elchilari bilan uchrashdi
2024-yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Katta yettilik” mamlakatlarining elchilari – Jonatan Xenik (AQSh), Timoti Smart (Buyuk Britaniya), Oreliya Bushez (Fransiya), Tilo Klinner (Germaniya), Agostino Pinna (Italiya), Alan Xemson (Kanada), Takashi Xatori (Yaponiya) hamda Sharlotta Adrian (Yevropa Ittifoqi) bilan uchrashdi. Savdo to‘siqlarini bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarini yaratish, kooperatsiya loyihalariga investitsiya jalb etish va boshqa masalalar yuzasidan umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirish muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi.