Dohada O‘zbekiston va Qatar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Dohada O‘zbekiston va Qatar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2024-yil 10-mart kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Qatar rahbarlari tomonidan erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilishi ko‘rib chiqildi, kengayib borayotgan ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi muhokama qilindi. Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlikni yanada boyitishga alohida e’tibor qaratildi.