O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
2024-yil 2-mart kuni kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv kun tartibidan bo‘lajak yuqori darajadagi tadbirlar, madaniyat va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmonlik almashinuvi uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik masalalari o‘rin oldi.