Urumchi shahrida birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumining ochilishi bo‘lib o‘tdi
Urumchi shahrida birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumining ochilishi bo‘lib o‘tdi
2024-yil 22-yanvar kuni Xitoyning Urumchi shahrida birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi, O‘zbekiston viloyatlari hokimlari va Xitoy provinsiyalari rahbarlari, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, shuningdek, ishbilarmon doiralarining 1200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov o‘z nutqida tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari, erishilgan natijalar va aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
Forum doirasida o‘tkazilayotgan “B2B” va “G2B” shakllarida uchrashuvlar natijasida sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalarining salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
Forum doirasida Xitoy ishbilarmon doiralarini O‘zbekistonning ishlab chiqarish, eksport va sarmoyaviy salohiyati bilan keng tanishtirish maqsadida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomli ko‘rgazma ham tashkil etildi.