O‘zbekiston TIV rahbari Jazoir Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Jazoir Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
2024-yil 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoirning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Irqidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni faollashtirish va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi. Vazir Elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.