Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Kuvaytning “Petroleum Dynamics” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Kuvaytning “Petroleum Dynamics” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi
2024-yil 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Kuvaytning “Petroleum Dynamics” kompaniyasi prezidenti Ahmad al-Utaybiyni qabul qildi.
Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, jumladan, Kuvayt sarmoyalarini O‘zbekistonga jalb etish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Petroleum Dynamics” kompaniyasi bilan hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.