Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus elchisi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus elchisi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2023-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus elchisi Tomas Niklasson bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, xususan, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, jumladan, Afgʻonistondagi joriy vaziyat muhokama qilindi.
Afg‘on muammosini tartibga solish va xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida BMTning yetakchi o‘rni muhimligi ta’kidladlandi.
Tomonlar Afg‘onistonning yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyatining yaxlit yondashuvini ishlab chiqmasdan turib, o‘tkir ijtimoiy-gumanitar inqirozni bartaraf etish, shuningdek, mamlakatda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shib bo‘lmasligini ta’kidladilar.