O‘zbekiston TIV rahbari YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston TIV rahbari YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-yig‘ilishida ishtirok etdi

2023-yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining Skopye shahrida bo‘lib o‘tgan 30-yig‘ilishida ishtirok etdi.
O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Tashkilotning amaldagi raisi, Shimoliy Makedoniya tashqi ishlar vaziri Buyar Osmaniga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Buyar Osmani va uning jamoasini Shimoliy Makedoniyaning 2023-yilda Tashkilotdagi raisligi muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi.
B.Saidov o‘z nutqida O‘zbekiston YXHT bilan faol hamkorlikka sodiq qolishini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari Tashkilot faoliyatining barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimiz zimmasiga olgan majburiyatlarga to‘liq mos kelishi ta’kidlandi.