Tashqi ishlar vazirligida Yevroparlamentning O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tashqi ishlar vazirligida Yevroparlamentning O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Yevroparlamentning O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachisi Ilhan Kyuchyuk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Yevroparlamentning 2023-yil 4-oktabrdagi mamlakatimizga oid ma’ruzasining asosiy bandlari muhokama qilindi.
Qonunc chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi muntazam va samarali aloqalar O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning muhim tarkibiy qismi ekani ta’kidlandi. Shu nuqtayi nazardan parlamentlararo muloqotni faollashtirish, oʻzaro tashriflarni tashkil etish va norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.