TIVda Islom hamkorlik tashkilotining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
TIVda Islom hamkorlik tashkilotining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 24-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tariq Baxit bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va IHTga a’zo davlatlarning yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistonda inson huquqlari, ayniqsa, ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlash, qish mavsumi oldidan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini muhokama qildilar.