O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmaniston TIV rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkmaniston TIV rahbari bilan uchrashdi
2023-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashdilar hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti kun tartibini ko‘rib chiqdilar.