O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarini qabul qildi
2023-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi. Muloqot chog‘ida janob Mamedzade va uning jamoasiga samarali faoliyat va O‘zbekistondagi xalqimiz uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, ayniqsa, bolalar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgai uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.