O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuv o‘kazdi. Muloqot chog‘ida mamlakatimiz va Tashkilotga aʼzo barcha davlatlar oʻrtasidagi samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan TDT doirasida ilgari surilgan tashabbuslarning amalga oshirilishi, shuningdek, oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.