O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti bilan uchrashdi
2023-yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgda Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Tereza Chervinska bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kelgusidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan makroiqtisodiy farovonlikdan tortib yashil energetikagacha bo‘lgan ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. Vazir Yevropa investitsiya banki O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorlik bildirdi hamda bankning Toshkentda vakolatxonasi ochilishini olqishladi.