O‘zbekiston TIV rahbari xorijiy davlatlar elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
O‘zbekiston TIV rahbari xorijiy davlatlar elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
2023-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Oreliya Bushez (Fransiya), Hasan Hamza Hoshim (Qatar), Guseyn Guliyev (Ozarbayjon), Jonatan Xenik (AQSh) va Agostino Pinna (Italiya) bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning mazkur mamlakatlar bilan yanada mustahkamlanib borayotgan ikki tomonlama hamkorligining keng ko‘lamli kun tartibi, ayniqsa, iqtisodiy aloqalarga doir masalalar muhokama qilindi, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar ko‘rib chiqildi.