Kanada Elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Kanada Elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kanada Elchisi Elison Lekler bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida energetikadan tortib ta’limgacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda O‘zbekiston-Kanada munosabatlari ulkan salohiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi. Vazir Elchiga o‘tgan yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi va uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.