O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari ACWA Power kompaniyasi vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari ACWA Power kompaniyasi vakili bilan uchrashdi
2023-yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev ACWA Power kompaniyasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Jon Zaidi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kompaniya loyihalarini mamlakatimizda amalga oshirishning dolzarb masalalari va energetika sohasida investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. ACWA Power kompaniyasining respublika energetika tarmog‘ini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi qayd etildi.
ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.