O‘zbekiston-Turkmaniston konsullik maslahatlashuvlari to‘g‘risida
O‘zbekiston-Turkmaniston konsullik maslahatlashuvlari to‘g‘risida
2023-yil 27-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari va huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etdi.
Konsullik yoʻnalishidagi, jumladan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi Oʻzbekiston-Turkmaniston hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
Konsullik huquqi va huquqni muhofaza qilish sohalarida tajriba almashish, bu borada qo‘shma loyiha hamda tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni tartibga soluvchi Protokol imzolandi.