O‘zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon Prezidenti tomonidan qabul qilindi
O‘zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon Prezidenti tomonidan qabul qilindi
5-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Boku shahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon rahbariga yo'llagan samimiy salomlari yetkazildi.
Muloqotda O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi ijobiy sur’ati yuqori baholandi.