O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shilmaslik Harakati Muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shilmaslik Harakati Muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi
5-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik Harakati Muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi. Forumda 93 davlat va 11 ta xalqaro tashkilot delegatsiyalari qatnashdi.
Tadbirda mazkur tuzilmaning qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlari, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
Anjumanda TIV rahbari O‘zbekistonning 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakati raisligiga nomzodi barcha a’zolar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi.