Yevropa Ittifoqi Elchisi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida
Yevropa Ittifoqi Elchisi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili Matilda Dimovska bilan uchrashdi.
Muloqotda mamlakatimizda Afg‘oniston fuqarolari, ayniqsa, yosh avlod vakillari uchun mo‘ljallangan ta’lim dasturlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqi va BMTTD o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ishtirokchilar Afg‘onistonda ayollarning mehnat va ta’lim masalalarida huquq va erkinliklarini ta’minlash zarurligiga e’tibor qaratdilar. Og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga duch kelgan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Sh.Adrian Yevropa Ittifoqining Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirishga sodiqligini va Yevropa Ittifoqi bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.