BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YIK) ijrochi kotibi Olga Algayerova bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi o‘rtasidagi keyingi yillarda jadal rivojlanib, kengayib borayotgan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Barqaror va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, xalqaro savdo, transport va logistika kabi sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
“Yashil” kun tartibidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, O‘zbekistonda quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlarning YIK faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga kiruvchi barcha masalalar bo‘yicha kelgusida yaqin hamkorlikka o‘zaro tayyorligi bildirildi.